Bugun Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning JICA tashkiloti konsultantlari bilan uchrashuv o`tkazildi.
Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o`rinbosarlari G`ofir Jamolov, Sharof Rahmonov hamda hokimlik tizimidagi boshqarmalar mutasaddilari ishtirok etdilar.
Qayd etilishicha, O`zbekiston va Yaponiya mamlakatlari o`rtasida turli sohalarda hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilgan. Tibbiyot sohasidagi hamkorlik ham uzoq yillardan buyon samarali davom etmoqda. Shu yo`nalishda yana bir investision loyiha amalga oshirilishi mo`ljallangan bo`lib, uning asosida Toshkentda zamonaviy va yuqori texnologik Nevrologiya markazi quriladi.
Rejaga ko`ra, Nevrologiya markazi 250 o`ringa ega bo`ladi hamda uning negizida kunu tun faoliyat yurituvchi poliklinika tashkil etiladi.
O`zaro muloqot davomida yaponiyalik konsultantlar mazkur markaz uchun ajratiladigan hudud, undagi infratuzilma, kommunikasiyalar yuzasidan o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Uchrashuvda Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari ushbu markaz qurilishi nihoyatda dolzarbligi va bu loyihaning amalga oshirilishi nevrolik xastaliklarni o`z vaqtida, samarali davolashda muhim ahamiyatga ega bo`lishini ta`kidladilar.






