1

2021 yilda Telegramning pulli funksiyalari ishga tushadi — Durov

Hi-tech 11.02.2021, 19:17
2021 yilda Telegramning pulli funksiyalari ishga tushadi — Durov

2021 yildan boshlab Telegram pulli yangi funksiyalarni ishga tushiradi. Pullik tizim faqat yangi funksiyalar uchun amal qiladi, avval mavjud bo`lgan barcha xizmatlar bepul bo`lib qoladi, shaxsiy va guruh suhbatlarida reklama bo`lmaydi, deya Durovning fikrlarini keltirdi RIA Novosti.

Telegram platformadagi kanallarda o`zining reklamalarini joriy qilmoqchi, bu serverlar va trafik xarajatlarini qoplashga imkon beradi, deydi platforma asoschisi.

Agar ushbu platforma orqali ommabop kanallar monetizasiya qilinsa, ularning egalari ulanish darajasiga qarab bepul trafikka ega bo`lishadi, deya qo`shimcha qildi u.

Durov Telegramning kelajagi haqida ham gapirib berdi. Shunday qilib:

▪️ 2021 yildan boshlab messenjerning "oddiy monetizasiyasi" boshlanadi - ko`pchilik katta o`zgarishlarni sezmasligi mumkin

▪️ Hozir mavjud bo`lgan barcha Telegram xizmatlari bepul bo`lib qoladi

▪️ Ishbilarmon guruhlar va ehtiyojlari yuqori bo`lgan foydalanuvchilar uchun qo`shimcha funksiyalar joriy etiladi

▪️ Shaxsiy va guruh suhbatlarida hech qanday reklama bo`lmaydi: bu aloqaga zarar etkazishi mumkin

▪️ Shu bilan birga, o`z abonentlariga reklama ko`rsatishdan daromad oladigan kanallar uchun Telegram to`lovlarni joriy etadi

Durov Telegramda joriy qilingan reklama to`g`risida tushuntirishlar berdi:

(1) chatlarda reklama bo`lmaydi, ular faqat katta kanallarda paydo bo`lishi mumkin

(2) Telegram reklama maqsadlari uchun foydalanuvchi ma`lumotlarini yig`maydi, katta kanallardagi reklamalar kanal mavzulariga asoslanib kontekstli bo`ladi

(3) kanal egalari pul to`lash evaziga reklamalarni taqiqlashlari mumkin

(5) reklama vositalari uchun qo`shimcha ravishda Telegram xayriya va obuna bo`lish imkoniyatini rivojlantirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1