Turkmaniston Prezidenti Berdimuhamedov Serdar Gurbangulevichni Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari, Turkmaniston Oliy nazorat palatasi raisi etib tayinladi. Bu haqda turkmenportal yozmoqda.
Bugun imzolangan Farmonga binoan u Turkmaniston Davlat xavfsizlik kengashining tarkibiga kiritildi, deb xabar berdi Turkmaniston televideniyasining "Vatan" yangiliklar dasturi.
Bosh vazir o`rinbosarining yangi lavozimi davlat rahbarining qaroriga muvofiq joriy etildi.
Avvalroq, 2020 yil 7 fevraldan boshlab Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri bo`lib ishlagan.






