AsosiyJamiyat

Prezident harbiy xizmatga chaqiruv to`g`risida qaror imzoladi

'Prezident harbiy xizmatga chaqiruv to`g`risida qaror imzoladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti "O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o`tab bo`lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida"gi qarorni imzoladi.

Unga ko`ra, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
Chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo`lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.
Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilar 2021 yilning mart-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo`shatiladi.

    Boshqa yangiliklar