Bu haqda Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O`rinboeva ma`lum qildi.
Maqsad — Adliya vazirligi, adliya organlari va muassasalarining 2020 yildagi faoliyati, istiqboldagi rejalar to`g`risida jamoatchilikni xabardor qilish, aholi va ommaviy axborot vositalari bilan qayta aloqani o`rnatishdir.
Tadbir Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi yangi tizimi taqdimoti ham bo`lib o`tadi. Ochiq muloqot tarzida o`tkaziladigan ushbu tadbir Internetda onlayn translyasiya qilinadi.
Manzil: 15 fevral, soat 11.00 da
Toshkent shahri, Sayilgoh ko`chasi, 5-uy.
️Tadbir to`g`ridan to`g`ri vazirlikning faysbukdagi va yutubdagi kanallaridayam translyasiya qilinadi!






