AsosiyJamiyat

2020 yil davomida sodir etilgan firibgarliklar yuzasidan ma`lumot berildi

'2020 yil davomida sodir etilgan firibgarliklar yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Respublikada 2020 yil davomida sodir etilgan firibgarliklar to`g`risida ma`lumot berildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Xabarga ko`ra, 2020 yil davomida respublikada 10 mingdan ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilgan. Firibgarliklar oqibatida 17 mingdan ortiq fuqarolar jinoyat jabrlanuvchisiga aylangan, ularning 10 mingdan ortig`ini erkaklar qolgan qismi esa ayollarni tashkil etgan.

Ta`kidlanishicha, chet elga ishga jo`natish 13,1 foiz, er, uy oldi-sotdisi 13.9 foiz, o`qishga yoki ishga kiritish 9 foiz kabi va`dalar bilan sodir etilayotgan firibgarliklar ko`p uchraydigan firibgarlik bo`lib qolmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar