AsosiyJamiyat

Yurtimizda yangi yo`nalishlarda poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

'Yurtimizda yangi yo`nalishlarda poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

«O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta`minlash hamda yo`lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, «O`zbekiston temir yo`llari» AJ yangi yo`nalishlarda poezdlar qatnovini yo`lga qo`ymoqda.

Jumladan, 2021 yilning 15 fevral kunidan boshlab, «Andijon – Nukus – Andijon» yo`nalishida 658/657-sonli;

18 fevraldan boshlab esa «Termiz – Xiva – Termiz» yo`nalishida 684/683-sonli yo`lovchi poezdlari qatnovi boshlanadi.

Shu munosabat bilan joriy yilda bir qator yo`nalishlarda harakatlanadigan poezdlarning harakat jadvaliga o`zgartirish kiritiladi:

14 fevraldan, 93-sonli «Andijon – Toshkent»;

17 fevraldan, 84/83-sonli «Toshkent – Termiz – Toshkent»;

19 fevraldan, 656-sonli «Andijon – Xiva»;

20 fevraldan, 6434-sonli «Urganch – Pitnak»;

21 fevraldan, 398-sonli «Andijon – Xiva».

Boshqa yangiliklar