So`x tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko`ra, Prezident tomonidan tuman ahlisiga yordam tariqasida yo`llangan 10 ta katta hajmli yuk mashinalaridan iborat “Saxovat va ko`mak” karvoni So`xga etib keldi.
Keltirilgan turli xildagi oziq-ovqat va qishloq xo`jalik mahsulotlari tumandagi mahalla fuqarolar yig`inlari orqali aholiga yordam sifatida tarqatiladi.






