AsosiyJamiyat

"Ularning ishidan xalqimiz norozi!" — Prezident ichki ishlar faoliyatini tanqid qildi

'"Ularning ishidan xalqimiz norozi!" — Prezident ichki ishlar faoliyatini tanqid qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 12 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay`atining kengaytirilgan yig`ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yig`ilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta`minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo`nalishidagi ishlari tanqidiy muhokama qilindi.

- Huquq-tartibot idoralariga hamma sharoitlarni yaratib, eng zamonaviy texnikalarni olib berdik. Katta vakolat, kuch va vositalar bor. Lekin natija kutilganidek emas. Organlar yakdil bo`lib, vertikal boshqaruvni to`g`ri tashkil eta olmayapti. Ularning ishidan xalqimiz norozi, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada to`g`ri yo`lga qo`yilishi zarurligi ta`kidlandi. Bu borada ko`rilgan dastlabki choralar natijasida o`tgan yili 4 ming 500 dan ziyod mahallada bironta ham jinoyat bulmagan. Lekin, ko`p rahbarlar mahallaga tushib ishlamagani, muammolarni o`z vaqtida aniqlab, hal qilmagani oqibatida ayrim mahallalarda jinoyatlar oshgani ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar