AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qaysi hududida necha ballik er silkinishi sodir bo`lgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonning qaysi hududida necha ballik er silkinishi sodir bo`lgani ma`lum qilindi'ning rasmi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun 2021 yil 12 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan 22:01 da Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 38,17 gradus shimoliy kenglik; 73,45 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,8. Chuqurlik 87 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 499 km janubiy-sharqiy yo`nalish bo`yicha.

Zilzila O`zbekiston hududida:

Toshkent : 499 km, 2 - 3 ball.

Namangan : 349 km, 3 ball.

Andijon : 306 km, 3 ball.

Farg`ona : 285 km, 3 ball.

Guliston : 477 km, 2 ball.

Jizzax : 530 km, 2 ball.

Samarqand : 585 km, 2 ball.

Termiz : 553 km, 2 ball.

Qarshi : 671 km, 2 ball.

Navoiy : 728 km, 2 ball.

    Boshqa yangiliklar