Kecha, 12 fevral kuni Turkiyaning Egey dengizi sohilida kichik tornado yuz berdi. Bir nechta joylar vayron bo`ldi va 16 kishi jarohat oldi. Bu haqda meteoprog xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, tornado Izmir shahridan 90 kilometr g`arbda joylashgan Chesme kurort shaharchasiga urilgan. Mazkur tabiiy falokat daraxtlarni erdan yulib tashladi, mashinalarni uchirib ketdi va bitta kranni qulatdi. Shuningdek, dengiz qirg`og`idagi to`rtta qayiq ag`darildi.
“Erdagi jannat bo`lgan Chesme o`tgan tunda do`zaxni ko`rdi” deydi, shahar meri Ekrem Oran Anadolu axborot agentligiga.
Shuningdek, kecha Chesmega yaqin hududda joylashgan Urla shahrida ham kuchli shamol bo`lgan va do`l yoqqan. Oqibatda, bu erdagi issiqxonalar vayron bo`lgan.







