O`zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (O`RQ–673-son, 12.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan shaxsning 18 yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazoni qo`llanilishi mumkin.
Shuningdek, voyaga etmagan shaxsni g`ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazoni qo`llanilishi mumkin.






