14-15 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik ko‘tilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.Harorat 17-19° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.






