10 fevral kuni, Pop tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda shu kuni yashash uyi darvoza eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma`lum shaxs, yotoqxonasidagi javon ustida bo`lgan narxi 13.000.000 so`mlik tilla taqinchoqlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Qo`l barmoq izlari viloyat IIB EKB shaxsni identifikasiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu izlar, Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan ayolga tegishli ekanligi aniqlangan. Surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu ayol sodir etgani o`z tasdig`ini topgan.
Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat qo`zg`atilgan.






