Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi inspeksiyasi tomonidan 12 291 ta uy-joy fondlarining texnik xavfsizlik holatlarini o`rganish natijalari bo`yicha:
3 035 ta ko`chmas mulk egalarining uyga tutash hududlarda noqonuniy qurilmalar barpo etganligi,
ko`p kvartirali uylardagi 3 068 ta balkonlar o`zboshimchalik bilan o`rab olinganligi,
4 228 ta uyning fasadlaridan noqonuniy eshiklar ochilganligi,
1 395 ta uydagi xonadonni ichki qismi ruxsatsiz o`zgartirilganligi,
330 ta umumiy foydalanishda bo`lgan hududlar to`sib olinganligi,
19 742 kv.m. uyga tutash er maydoni o`zboshimchalik bilan egallab olinganligiga oid aniqlangan huquqbuzarliklar bo`yicha berilgan majburiy ko`rsatmalarga asosan 4650 tasi joyida bartaraf etilishiga erishilgan.
Qolganlarini sud tartibida bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Vazirlik axborot xizmati xabar berishicha, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan 627 nafar aybdor shaxsga nisbatan ma`muriy jarimalar qo`llashga oid sudlarga kiritilgan materiallar bo`yicha aybdorlarga 124,5 mln so`mlik jarimalar qo`llanilgan.






