AsosiyJamiyat

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi to`g`risidagi nizomlar tasdiqlandi

'Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi to`g`risidagi nizomlar tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori (66-son, 12.02.2021 y.) bilan Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to`g`risidagi nizomlar tasdiqlandi.  Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga ko`ra, Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish, geodeziya va katrografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlovchi vakolatli respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o`z faoliyatida bevosita Davlat soliq qo`mitasiga bo`ysunadi.

 Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Davlat soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari – Agentlik direktori rahbarlik qiladi.  

Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.  

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining funksional vazifalarni bajarish, bilim darajasi, ish olib borish bo`yicha kasbiy qobiliyatlarini test sinovidan o`tkazish bo`yicha beriladigan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 50 foizgacha miqdorda maxsus rag`batlantiruvchi ustamalarni har yili test sinovidan o`tkazish asosida qo`llash tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.  

️ Agentlik boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddat uzluksiz xizmati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qo`shimcha to`lov va ustamalar saqlab qolinadi. 

Shuningdek qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko`ra, Davlat kadastrlari palatasi Kadastr agentligining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.  

Davlat kadastrlari palatasi, jumladan, ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazadi hamda ko`chmas mulk ob`ektlariga bo`lgan huquqlarning davlat reestrini yuritadi.  

Davlat kadastrlari palatasiga Kadastr agentligi direktori tavsiyasiga binoan Davlat soliq qo`mitasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi.

Qarorga ko`ra, Kadastr agentligi xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffisienti 1,7 baravarga oshirilgan holda qo`llaniladi.

 

    Boshqa yangiliklar