YHXBB Axborot xizmati bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 14 fevral kuni soat 19:00larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Osiyo ko`chasida, haydovchi, 2003 yilda tug`ilgan (haydovchilik guvohnomasi olmagan) M.M. "Kobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko`chada joylashagan "Kardiologiya markazi" ro`parasiga etgan vaqtida boshqaruvni yo`qotgan va avtobus bekatiga urilib, bekat ortidagi avtoturargohda to`xtab turgan, haydovchi, 1986 yilda tug`ilgan F.E. boshqarib kelgan "Kobalt" rusumli hamda haydovchi, 1971 yilda tug`ilgan A.X. boshqarib kelgan yana bir "Kobalt" rusumli avtomobillarga to`qnashgan.
To`qnashuv vaqtida piyoda, 1988 yilda tug`ilgan B.M. tan jarohati olib, birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






