AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yangi oliy ta`lim muassasasi tashkil etiladi

'Toshkent viloyatida yangi oliy ta`lim muassasasi tashkil etiladi'ning rasmi

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini tashkil etish to`g`risida"gi qarori loyihasi  joylashtirildi.

Mazkur qaror bilan Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “International School of Finance Technology and Science” mas`uliyati cheklangan jamiyatining International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullanishi mumkin.

Loyihaga ko`ra:

  • universitet mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta`lim tashkiloti hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, ixtiyorida bo`lgan pul mablag`lari va mol-mulki bilan o`z majburiyatlari doirasida javob beradi;
  • universitetda o`quv-metodik rahbarlik va ta`lim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida etakchi xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda ham ta`minlanadi;
  • universitetda ta`lim jarayoni O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim davlat ta`lim standartlari hisobga olinib, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda xorijiy tajribaga muvofiq ishlab chiqilgan malaka talablari, o`quv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiriladi;
  • universitetda o`qitish O`zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta`lim shakllarida o`zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi;
  • universitet bitiruvchilariga O`zbekiston Respublikasining oliy ma`lumot to`g`risidagi davlat namunasidagi diplomi beriladi;
  • universitet Toshkent viloyati, Qibray tumani, "Salor" shaharcha fuqarolar yig`ini, Oliygoh ko`chasi, 2-uy manzilida tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar