Nukus shahri Tatibaev ko`chasi bo`yida qurilayotgan ko`p qavatli turor joy binosida kamchiliklar aniqlanib, binoning devorlari qayta tiklash uchun buzib tashlandi. Bu haqda UzA yozmoqda.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish vazirligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur ob`ektning loyiha hujjatlari “Arx energo proekt” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan, quruvchi esa «Nukus Shaxzoda Afruz» MChJ. Qurilayotgan 5 qavatli ko`p zonali turor joy binosining qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni Qoraqalpog`iston Respublikasi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi aniqlagan.
“Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida binoda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari to`xtatilib, turor joy binosining devorlari qayta tiklash uchun buzilmoqda”, deyiladi vazirlik matbuoti xabarida
Avvalroq, mahalliy internet nashrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda “shaharda yangidan qurilayotgan ko`p qavatli turor joy binosining 3-4 qavatlari qulab tushganga o`xshaydi. Binoning qula tushgan qismini mato bilan yopib qo`yibdi. Qulab tushgan temir beton plitalari yuk mashinasida tashib ketilmoqda” degan xabar tarqagandi.






