Bu haqda AOKAda o`tgan matbuot anjumanida Biznes ombudsman vakili Abduvali Abdumavlonov ma`lum qildi.
O`tgan pandemiya davrida Prezident tomonidan 2020 yil yanvar oyigacha moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirishga e`lon qilingan moratoriyni yana bir yilga, ya`ni 2020 yil dekabrgacha cho`zishga qaror qilingan.
Bundan tashqari, pandemiya davrida tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini tekshirishlarni qisqartirish bo`yicha ham ko`rsatmalar berilgan edi. Ko`rsatmalar ijrosini ta`minlash maqsadida Biznes ombudsman tomonidan barcha nazorat qiluvchi organlarga pandmiya davrida barcha tekshirishlarni keskin qisqartirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
O`tgan yil davomida tekshirishlar ikki baravarga qisqarishini kutgan edik, lekin tekshiruvlarni ro`yxatga olish yagona tizimidan olingan so`nggi ma`lumotlarga qaraganda 2020 yilda o`tgan yilga nisbatan faqatgina 10 foizga qisqargani aniqlandi.
2021 yil yanvar oyida 7700 dan ziyod tadbirkor faoliyatida tekshiruvlar amalga oshirilgan. Bunga asosan sabab soliq qonunchiligi takomillashtirilishi bo`lgan. Bu tekshiruvlar Biznes ombdusmandan ruxsat olmagan holda amalga oshirilgan. Yanvar oyining o`zida soliq tekshiruvlari
5,5 mingtadan oshgan.
Bu bo`yicha hozirda tadbirkorlik sub`ektlarini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Unda tadbirkorlik sub`ektlariga tekshiruv o`tqazish tashabbusi bilan chiqishning yangicha mexanizmlarini ko`rib chiqilgan va taklif berilgan.
Endilikda qonun qabul qilinganda tadbirkorni tekshirishga chiqish uchun etarlicha asos, risk tahlil instrumentlaridan foydalangan holdagina amalga oshirishga ruxsat beriladi.






