Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi tergov departamenti tafsilotlarni ma`lum qildi.
Keltirilishicha, 2021 yilning 04 fevral kuni soat 15:00 da 40 yoshli Nodira B., ning arizasiga asosan IIB xodimlari tomonidan Denov tumanidagi MFY.,lardan birida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tadbir davomida, 31 yoshli Baxrom U., Nodira B.,ning video tasvirini internetdagi ijtimoiy tarmoqlariga tarqatmasligi va uning Rossiya Federasiyasida ishlab yurgan turmush o`rtog`iga «Telegram» messendjeri orqali yubormasligi hamda o`ziga tegishli uyali telefon apparatidan o`chirib yuborishi evaziga 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilib, tovlamachilik yo`li bilan Nodira B.,dan 5.200.000 so`m pullarni olayotgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar Baxrom U.,dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Bahrom U.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov davom etmoqda.






