O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yanada issiq bo`ladi. Respublikada havo kam bulutli bo`ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-24° iliqgacha, janubda 25-27° iliqgacha ko`tariladi.
Poytaxtimizda quyoshli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 20-22° iliqgacha isiydi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduz kuni 7-12° iliq bo`ladi






