Kuni kecha, tunda, Samarqand shahri B.Mirzo ko`chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi navbatchilik qismiga uni chuqurlikdan chiqarib olishlarini so`rab murojaat qildi, deya xabar bermoqda FVV Matbuot xizmati.
Shundan so`ng, leytenant N.Karimov boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan belgilangan manzilga etib borib, besh daqiqa ichida uy egasini chuqurdan olib chiqqanlar. Ma`lum bo`lishicha, fuqaro R.S tunda hovlida yurgan vaqtida bir kun oldin o`zi qazib qo`ygan chuqurlikka tushib ketgan. Yaxshiyamki, uy egasi jiddiy jarohatlar olmagan.







