AsosiyJamiyat

Sardoba tumanidagi 5 ta ta`lim muassasi rahbarlari ishdan olindi — 6 nafariga intizomiy chora qo`llanildi

'Sardoba tumanidagi 5 ta ta`lim muassasi rahbarlari ishdan olindi — 6 nafariga intizomiy chora qo`llanildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Sardoba tumanidagi maktabgacha ta`lim va xalq ta`limi tizimi tanqidiy o`rganib chiqilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma`naviy-ma`rifiy masalalar kotibiyati tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berildi.

Xabarga ko`ra, o`rganish jarayonida ta`lim va tarbiya tizimi to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligi, sanitariya gigiena talablariga rioya qilmaslik holatlari aniqlangan 3 nafar maktabgacha ta`lim muassasasi hamda 2 nafar maktab rahbarlari lavozimdan bo`shatildi, 6 nafar ta`lim muassasasi rahbarlariga nisbatan intizomiy chora qo`llanildi.

 

    Boshqa yangiliklar