AsosiyJinoyat

Turli viloyatlardan birlashgan o`g`rilar guruhi Samarqandda qo`lga tushdi

'Turli viloyatlardan birlashgan o`g`rilar guruhi Samarqandda qo`lga tushdi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, joriy yilning 10 fevral kuni Kattaqo`rg`on shahar IIBga, Kattaqo`rg`on tumani Shiypon qishlog`ida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Kattaqo`rg`on shahar A.Navoiy ko`chasida joylashgan qo`l telefoni ehtiyot qismlari va qo`l telefonlari sotiladigan do`koniga noma`lum shaxs g`ayriqonuniy ravishda kirib, jami 8.000.000 so`mlik telefon apparatlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat muqaddam O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi (O`g`irlik) 2-qismi bilan sudlangan, IIOlarining qidiruvida bo`lgan 1997 yilda tug`ilgan, Toshkent viloyati Bekobod tumani Abbosova ko`chasida yashovchi, D.Sh., 2003 yilda tug`ilgan, shu manzilda yashovchi, A.Sh., 2006 yilda tug`ilgan, Jizzax viloyati Jizzax shahri “Ittifoq” mahallasida yashovchi fuqaro M.R., 2004 yilda tug`ilgan, Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahrida yashab kelgan fuqaro Q.B. lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ulardan 3 dona “Inoyi” rusumli hamda 1 dona “J-2” rusumli qo`l telefonlari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Bundan tashqari, ushbu shaxslar bilan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, ular 2021 yilning 8 fevral kuni Kattaqo`rg`on tumani Navbahor mahallasi Mullakichkina qishlog`ida yashovchi fuqaroga tegishli bo`lgan savdo do`koniga g`ayriqonuniy ravishda kirmoqchi bo`lgan vaqtlarida, jabrlanuvchi kelganligini ko`rib qolib, o`zlariga bog`liq bo`lmagan holda jinoyatni oxiriga etkaza olmaganliklari aniqlandi.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O`g`irlik) 2-qismi “g” bandi jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar