2021 yil 9 fevral kuni IIB xodimlarining hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbiri davomida, 43 yoshli Isroil O., Denov tumani “Namozgoh” mahallasi hududida 9,18 gramm o`tkir hidli moddani shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 1.800.000 so`m evaziga sotayotgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida yonidan 2,01 gramm o`tkir hidli modda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti ma`lum qildi.
Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida Isroil O., dan hujjatlashtirilib olingan jami sof og`irligi 11,19 grammli o`tkir hidli modda “OPIY” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 10.02.2021 yilda Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Isroil O., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko`p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.






