AsosiyJamiyat

50 gektar er olib berishni va`da qilgan Xatirchi davlat o`rmon xo`jaligi mas`uli qo`lga tushdi

'50 gektar er olib berishni va`da qilgan Xatirchi davlat o`rmon xo`jaligi mas`uli qo`lga tushdi'ning rasmi

Tadbirkorga 50 gektar er olib berishni va`da qilgan Xatirchi davlat o`rmon xo`jaligi mas`uli ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Xatirchi davlat o`rmon xo`jaligida bo`limi boshlig`i lavozimida ishlovchi F.X., “F.” MChJ ish boshqaruvchisining ishonchiga kirib, jamiyatga o`rmon xo`jaligi hududidan uzoq muddatli ijara shartnoma tuzish orqali 50 gektar er ajratib berishga ishontirib, evaziga 
2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar