AsosiyJamiyat

Samarqandda 27 yoshli ayol BAA fuqarosidan video va suratlarini internetda tarqatish bilan qo`rqitib, 20 ming AQSh dollari talab qildi

'Samarqandda 27 yoshli ayol BAA fuqarosidan video va suratlarini internetda tarqatish bilan qo`rqitib, 20 ming AQSh dollari talab qildi'ning rasmi

Samarqand shahrida yashovchi J.Z. ismli ayol  Birlashgan Arab Amirligi fuqarosi bo`lgani tanishidan  qo`l telefonida bo`lgan shaxsiy video hamda fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga tarqatish bilan qo`rqitib, tarqatmasilik evaziga 20 ming AQSh dollari miqdordagi pullarni talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

BAA fuqarosining arizasiga asosan, 2021 yil 16 fevral kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi.

1994 yil tug`ilgan, Samarqand shahaar Rudakiy ko`chasida yashovchi J.Z. ariza muallifidan 20 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib hujjatlashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodesining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar