1

Oson pul topaman deb o`ylagan fuqaro 152 mln. so`midan ham ayrildi

Jinoyat 17.02.2021, 13:31
Oson pul topaman deb o`ylagan fuqaro 152 mln. so`midan ham ayrildi

Tergov departamentining ma`lum qilishicha, 2019 yilning iyun oylarida 46 yoshli Maxmudjon D., Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “Do`stlik” metro bekati oldida 35 yoshli Sherzod A.,ga kriptovalyuta aksiyasini sotib olishida yordam berishini, aksiyadan katta foyda ko`rishini aytib, firibgarlik yo`li bilan 152 mln. so`m miqdoridagi pullarni qo`lga kiritib, bergan va`dasini bajarmasdan ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani buyicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Maxmudjon D.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

 Hozirda tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo`lmagan insonlarning qo`llariga o`zingizning xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to`riga tushmaslik o`z qo`lingizda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1