AsosiyJamiyat

Ziyorat turizmini rivojlantirish bo`yicha rais o`rinbosari lavozimi va alohida departament joriy etiladi

'Ziyorat turizmini rivojlantirish bo`yicha rais o`rinbosari lavozimi va alohida departament joriy etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasida mavjud shtatlar doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo`yicha rais o`rinbosari lavozimi joriy etiladi, deyiladi qo`mita xabarida.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 9 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida shu haqida ma`lum qilindi.  

Qo`mita tashkiliy tuzilmasida 2021 yilda mavjud shtatlar doirasida 9 ta shtat birligidan iborat Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi. 

    Boshqa yangiliklar