AsosiyJamiyat

Rossiya qurilish kompaniyasi andijonliklarni qurilishda ishlatish uchun tanlov o`tkazmoqda

'Rossiya qurilish kompaniyasi andijonliklarni qurilishda ishlatish uchun tanlov o`tkazmoqda'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining «PIK Industriya» AJ va «Texstroy» MChJ qurilish korxonalari vakillari hamda ish beruvchilarning O`zbekistondagi rasmiy vakili “Panorama” MChJ  ishtirokida Andijon viloyatida xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar o`rtasida ochiq tanlov boshlandi.

Tanlov ishtirokchilari qurilish sohasining montajchi, elektr payvandchi, elektr montajchi, g`isht terish, armatura, qoliplash, beton plitalarni joylash, ichki pardozlash ishlari bo`yicha malakasi va rus tilini bilish darajasi bo`yicha suhbatdan o`tkazilmoqda.

Joriy yilning 19 fevral kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan tanlovda ish beruvchi tashkilot vakillari bilan suhbatdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar qurilish sohasida Rossiyada ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar