AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaevaning ta`kidlashicha, G`uzor tumani Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi ma`lumotiga ko`ra, tumanda 43 ta fuqarolar yig`inida o`tkazilgan moliyaviy tekshiruvlar davomida 26 ta fuqarolar yig`ini tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam pullarini tayinlashda 53 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli choralar ko`rilgan hamda etkazilgan moddiy zararlar ixtiyoriy qoplangan, fuqarolar yig`inlari raislari tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.






