AsosiyJamiyat

Meros qolgan uyda o`g`illarning haqqi bormi?

'Meros qolgan uyda o`g`illarning haqqi bormi?'ning rasmi

"Darakchi" tahririyatiga Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida yashovchi fuqaro G`ani Ergashevdan murojaat kelib tushdi:

— Yoshim 75 da, II guruh nogironiman (oyoqdan). 2 nafar o`g`lim bilan birga yashaymiz,  biroq to`lovlardan yordam berishmaydi, 3-qavatga o`zim tushib-chiqib hal qilyapman.Ota-onamdan qolgan hovlini notariusdan o`z nomimga meros qilib o`tkazdim. Shu uyda o`g`illarimning haqqi bormi? Notariusdagilar“uy meros bo`lib o`tyapti, hech kimning haqqi yo`q”, dedi.

Fuqaroning murojaatiga javob olish maqsadida Toshkent shahar sudi sudyasi Abdunosir EGAMBERDIEV bilan bog`landik...

— Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga ko`ra, meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo`yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo`ladilar.

Ota-onangiz vafotidan so`ng ulardan qolgan meros mulkiga nisbatan siz birinchi navbatdagi merosxo`r bo`lib, o`g`illaringiz merosga haqli bo`lmaydi.

Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko`ra, uy, kvartira mulkdorining oila a`zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko`chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo`lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar.

Siz bilan birga yashab kelayotgan o`g`illaringiz oilangiz a`zosi sifatida sizga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan uy-joydan foydalanishga haqli bo`ladilar. 

Sadoqat ALLABERGANOVA   

    Boshqa yangiliklar