Pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonunga o`zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ma`lum qildi.
Qonun loyihasida ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o`rtoqlari kelgusida pensiya ta`minotiga ega bo`lishlari uchun o`z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to`lash huquqi berish va ish stajiga qo`shib hisoblash tartibi nazarda tutilgan.
Mazkur tizim amaliyotga joriy etilsa, uy bekasi bo`lgan ayol kelajakda pensiya olish imkoniyatiga ega bo`ladi.






