AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi hududlarda yomg`ir yog`adi

'Bugun ba`zi hududlarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonning ko`p qismida iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo 23-28° iliqgacha isiydi. Faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda, bu hududlarda kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo`ladi.
Respublikada shamol 7-12 m/s gacha, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutiloqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar