1

Bo`stonliqdagi eski masjid ostida qurol saqlab yurgan fuqaroning siri fosh bo`ldi

Jinoyat 18.02.2021, 13:49
Bo`stonliqdagi eski  masjid ostida qurol saqlab yurgan fuqaroning siri fosh bo`ldi

2021 yil 13 fevral kuni viloyat IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Bo`stonliq tumani Pskom mahallasida yashovchi 29 yoshli Ochilbek R., ushbu mahallada eski qurilishi tugallanmagan masjid sim qo`rasi tagiga 1 dona 1 stvolli, 5,6 mm. kalibrli “Belka-3” va 1 dona 2 stvolli, 5,6 mm. “Toz-8” rusumli qurollarni qopga solib noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Sud ballistik ekspertiza xulosasida ushbu 2 dona qurollarning birinchisi ov miltig`i va ikkinchisi esa yasama qurol bo`lib, o`q otish uchun yaroqli ekanligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo`stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Ochilbek R.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1