AsosiyJamiyat

Yuqori ins­tansiya sudiga kelgan shikoyatlarning 65 foizi asossiz deb topilgan

'Yuqori ins­tansiya sudiga kelgan shikoyatlarning 65 foizi asossiz deb topilgan'ning rasmi

Oliy sud axborot xizmati «Ortiqcha g`avg`odan ne foyda? Yoxud asossiz shikoyatbozlik xususida» sarlavhali tahliliy materialni taqdim etdi:

«Bugungi kunda ba`zan «fuqarolarimiz suddan norozi, sudlar ularni rozi qila olmayapti», — degan qarashlar, ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar uchrab turgani bahstalab.

O`rganishlar bun­day fikr tarqatayotgan manba mualliflari, ishning xaqiqiy holatini o`rganishga urinmay, faqat bir taraf, ya`ni sudda masalasi uning foydasiga ijobiy hal bo`lmagan tarafning fikrlariga asoslanayotganini ko`rsatmoqda.

Ayni paytda sudlar qaror qabul qilgach, taraflarga qabul qilingan qarorning mohiyat-mazmuni qanday qonun hujjatlariga asoslantirilganini batafsil tushuntirmoqda.

Bu esa ijobiy natija bermoqda. Xususan, o`t­gan 2020 yilda respublika sudlari tomonidan ko`rilgan ishlar bo`yicha chiqarilgan sud qarorlarining atigi 3,5 foizi bo`yicha yuqori instansiya sudlariga shikoyatlar keltirilgani, qolgan 96,5 foiz ishlar bo`yicha taraflar qonun talabi ular tomonida emasligini tushunib etganligini ko`r­satadi.

 Qolaversa, yuqori ins­tansiya sudiga keltirilgan shikoyatlarning 65 foizi ham asossiz deb topilib, sud qarorlari o`zgarishsiz qoldirilgan», deyladi maqolada.

 

    Boshqa yangiliklar