Bu haqda AOKAda Gidrometereologiya xizmati markazi rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
«Hozirgi vaqtda BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha doiraviy konvensiyasining Adaptasiya jamg`armasi bilan hamkorlikda va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda aholining eng zaif qatlamini iqlim o`zgarishiga moslashishi va qurg`oqchilikka tayyorligini oshirish hamda uning salbiy oqibatlarini yumshatishga yo`naltirilgan «O`zbekistonning qurg`oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo`jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta`minlash» loyihasini qo`llab-quvvatlamoqda.
Loyiha moslashish bo`yicha eng kechiktirib bo`lmas chora-tadbirlarga ko`proq ehtiyoj sezayotgan, mamlakatimizning iqlim o`zgarishining salbiy oqibatlariga ko`proq moyil bo`lgan Qoraqalpog`iston Respublikasida amalga oshirilmoqda.
Loyiha tomonidan suv tanqisligi va qurg`oqchilik xatarini yuzaga kelishi haqida oldindan xabardor qilish tizimini rivojlantirish orqali iqlimga barqaror qishloq xo`jaligini yuritishga o`tishda, agro va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish, yaylovlar unumdorligini tiklash bo`yicha tadbirlarni tashkil etish va tanazzulga uchragan 70 ming gektar erda o`rmon meliorativ ishlarini olib borishda mahalliy qishloq hamjamiyatlariga ko`mak berib kelmoqda», - deyiladi ma`lumotda.






