AsosiyJamiyat

Abdulaziz Kamilov O`zbekiston prezidentining maktubini Qozog`iston prezidentiga topshirdi

'Abdulaziz Kamilov O`zbekiston prezidentining  maktubini Qozog`iston prezidentiga topshirdi'ning rasmi

Bugun -- 18 fevral kuni Nur-Sulton shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziriligi ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, vazir Prezident Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevga yo`llagan maktubini topshirgan. Uchrashuv chog`ida O`zbekiston-Qozog`iston strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

Tashqi savdo aylanmasi ko`rsatkichlarini oshirish, sanoat kooperasiyasini kengaytirish, tadbirkorlik sub`ektlar va hududlarning o`zaro aloqalarini jadallashtirish, madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkillashtirishga yo`naltirilgan qo`shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.

Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat, mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish bo`yicha shakllanayotgan imkoniyatlar, shuningdek, yangi istiqbolli bozorlarga birgalikda kirish bo`yicha rejalar yuzasidan fikr almashilgan.

    Boshqa yangiliklar