AsosiyJinoyat

Farg`onada ayolning uyali telefon apparati va pullarini tortib olgan "shovvoz" qo`lga olindi

'Farg`onada ayolning uyali telefon apparati va pullarini tortib olgan "shovvoz" qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yilning 08 fevral kuni Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 31 yanvar kuni noma`lum shaxs Bozorboshi ko`chasida oldiga kelib, hayot yoki sog`liq uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitib narxi 1.000.000 so`mlik “MTS smart 4G” rusumli uyali telefon apparati va 100.000 so`m pullarini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni fuqaro A.N. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.

Boshqa yangiliklar