AsosiyJamiyat

Gumonlanuvchi ushlab turilgan joyi to`g`risida kimlarga xabar qilinishi belgilangan?

'Gumonlanuvchi ushlab turilgan joyi to`g`risida kimlarga xabar qilinishi belgilangan?'ning rasmi

"Darakchi" tahririyatiga Toshkent shahrida yashovchi fuqaro S.Akbarovdan murojaat kelib tushdi:

— Jinoyat ishi ko`rilayotgan vaqtda himoyachidan voz kechish tartibi qanday? Gumonlanuvchining ushlab turilgan joyi to`g`risida kimlarga xabar qilinishi mumkin?

Fuqaroning murojaatiga javob olish maqsadida Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Abdulla Abdulxaev bilan bog`landik...

— 2020 yil 14 mayda imzolangan “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga jinoyat prosessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonunga ko`ra, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, sudlar 2020 yilning 15 may sanasidan jinoyat ishini ko`rishda quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:

JPKning 52-moddasida himoyachidan voz kechish qoidalari belgilangan. Bunga ko`ra,

  • Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yokisudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi va bu haqda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolangan bayonnoma tuzilishi, sud jarayonida esa videoyozuv kompakt diskda saqlanishi hamda sud majlisi bayonnomasiga yozib qo`yilishi lozim.
  • Sudlar tergovga qadar tekshiruvni va jinoyat ishini tergov qilishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi himoyachidan voz kechish jarayoni JPKning  91, 224 va 225-moddalariga amal qilgan holda videoyozuv orqali qayd etilgani va bu haqda tegishli tartibda bayonnoma tuzilgani holati jinoyat ishi materiallarida o`z ifodasini topganini tekshirishi kerak.

JPKning 217-moddasiga ko`ra, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamog`i yoki ekspertiza o`tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi prosessual majburlov chorasini qo`llaganida, uning ushlab turilgan joyi to`g`risida darhol oila-a`zolaridan biriga, ular bo`lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga xabar berishi, shuningdek, bu haqda ish yoxud o`qish joyiga ma`lum qilishi shart.

Sadoqat ALLABERGANOVA 

    Boshqa yangiliklar