AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir va shamol kuzatiladi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir va shamol kuzatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamolning 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zda esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda havo bulutli bo`lishi kutilmoqda, kechga tomon yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 19-21° iliqni tashkil etadi.

Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar