AsosiyJamiyat

Kapsula ichidan mix chiqqanligi aytilayotgan dori vositasi haqidagi videoga oydinlik kiritildi

'Kapsula ichidan mix chiqqanligi aytilayotgan dori vositasi haqidagi videoga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda oshqozon faoliyati buzilganda qabul qilinadigan «Enterofuril» dori vositasi kapsulasidan mix chiqqanligi tasvirga olingan video tarqaldi. 

Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, aslida videoda aytilayotgan voqea bizda emas balki Qozog`istonda tasvirga olingan va haqiqatga mutlaqo to`g`ri kelmaydi.

Bayonotda Qozog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirli Tibbiyot va farmasevtika nazorati qo`mitasi tomonidan Qo`mitaga iste`molchilar, mazkur dori vositasini ro`yxatdan o`tkazgan kompaniya, shuningdek farmasevtika faoliyati sub`ektlari va tibbiyot xodimlaridan “Enterofuril®” dori vositasi kapsulasida biror yot narsalar mavjudligi to`g`risida ma`lumot (yoki shikoyat) kelib tushmaganligi aytilgan.

Bosniya va Gersegovinaning “Bosnalek” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan kapsula shaklidagi “Enterofuril ®” dori vositasi Qozog`iston Respublikasida ro`yxatdan o`tkazilgan va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etilgan (ro`yxat raqami RK-PS-5N022825 - 03.02.2017 y., RKLS-5N9022904 - 10.04. 2017 y).

Shu o`rinda, Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati yolg`on videoni tarqatayotgan telegram kanallari ma`murlariga quyidagilarni eslatdi:

➖ Ijtimoiy tarmoqlar orqali ishlab chiqaruvchi yoki raqobatchini obro`sizlantirish yoxud iqtisodiy zarba berish maqsadida asoslanmagan, yolg`on ovozli, foto va videoxabarlarni tarqatgatlik uchun Jinoyat kodeksining 192-moddasida javobgarlik belgilanganligini;

➖ jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg`on axborotni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikasiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog`ida tarqatganlik uchun Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 202²-moddasida javobgarlik belgilanganligini;

➖ “Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonunning 12¹-moddasi 2-qismiga muvofiq, veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog`idagi o`z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to`g`riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto`g`riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o`chirib tashlashi shart, -- deyiladi ma`lumotda.

 

    Boshqa yangiliklar