Umumiy o`rta ta`lim maktabi qurilishi ishlarida byudjet mablag`ini o`zlashtirgan jamiyat rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Urgut tumanida joylashgan umumiy o`rta ta`lim maktabi sport zalida “M.” MChJ tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari nazorat o`lchovidan o`tkazilganida, jamiyat rahbarlari va boshqalar amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarga qo`shib yozish orqali 425,3 mln so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “M.” MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.