AsosiyJamiyat

Prezident tuman hokimi bo`lib ishlagan davrini esladi

'Prezident tuman hokimi bo`lib ishlagan davrini esladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida hokimlarning saviyasi haqida yana bir bor gapirdi.

«Tumanlarga ayollarni rahbar qilyapmiz, chunki ayollar bor joyda adolat bo`ladi. Hali viloyatlarga ham ayol hokim qo`yamiz. Mana, To`raqo`rg`on hokimi ayol kishi, o`ziga ishongani uchun dadil gapiryapti. Ko`pchilik erkak rahbarlardan yaxshi shular.

Uychini hokimini qaranglar, nima deyishni bilmaydi. Men ham tuman hokimi bo`lganman, 400 mingdan ortiq odami bor Mirzo Ulug`bek tumanida hokim edim.

Samarqandday katta viloyatga hokim bo`lganimda bir so`m pul ololmasdik. Oddiy shina olish uchun ham pul topilmasdi. Hozir har bir tumanning o`z jamg`armasi bor», deya prezidentning so`zlarini keltirmoqda Darakchi.uz muxbiri.

Boshqa yangiliklar