Yo`l harakati qoidalarini buzgan xorijiy raqamli avtomobil egalari jarimalarni to`lamaguncha Rossiya hududidan chiqarilmaydi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
Rossiya Federasiyasining «Xalqaro avtomobillar tashuvlari ustidan davlat nazorati va ularni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik to`g`risida»gi qonuniga binoan 2021 yil 7 iyuldan haydovchi chegaraga kelgach, unga uch soat muddat beriladi. Ushbu vaqt davomida jarima to`lanmasa, unga Rossiyadan chiqib ketishga ruxsat berilmaydi.
Yangi tartib bo`yicha chet el transportlarining 2020 yil 8 dekabrdan keyingi jarimalari inobatga olinadi.
Chet ellik haydovchi to`lanmagan jarima bor yoki yo`qligini Davlat transport inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi «Proverka shtrafov GIBDD» xizmati orqali mustaqil aniqlashi mumkin.