19 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda “Gulistonda bodikamerasi yo`q YPX xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi. Video lavha O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan o`rganildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 18 fevral kuni soat 21:00larda, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bahor MFY, Toshkent yo`li ko`chasida, haydovchi A.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli hamda haydovchi D.A. boshqaruvidagi “Malibu” rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
To`qnashuv natijasida, “Neksiya” rusumli avtomobil yo`lovchisi U.X.ga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Guliston shahar IIO FMB YHXB S va QB xodimi N.Mamatqulov o`z xizmat vazifasini yakunlab, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan bodikamera moslamasini navbatchiga topshirib, yashash xonadoniga ketayotgan vaqtda ushbu holatga duch kelgan.
Noma`lum fuqaro xodimni video tasvirga olib, savollar bera boshlagan. Xodim bodikamerasini topshirib yashash xonadoniga ketayotganligini, holatga befarq o`tmasdan to`xtaganligini aytishiga qaramasdan e`tiroz bildirib, tasvirga olishni davom ettirgan va video lavhani ijtimoiy tarmoqda tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.