O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun, 20 fevral kunduz kuni O`zbekistonda nam va salqin ob-havo bo`ladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog` oldi hududlarning ba`zi joylarida kuchli bo`ladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Harorat fevral oyi uchun me`yoriy qiymatlarga yaqinlashadi va 8-13° iliqni, shimolda 0-5° iliqni tashkil etdi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.
Tog` hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.