1

Qashqadaryoda mast o`g`il otasini pichoqlab o`ldirdi (video)

Jinoyat 20.02.2021, 12:22
Qashqadaryoda mast o`g`il otasini pichoqlab o`ldirdi (video)

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida o`g`lining mast holda tanishidan ish haqini talab qilish uchun pichoq bilan uyidan chiqib ketishiga to`sqinlik qilgan otaning o`zi pichoqlandi. Bu haqda «Sevimli TV» telekanalining «Zamon» informasion dasturida ma`lum qilindi.

Ma`lum qilinishicha, o`g`il 2020 yil 3 noyabr kuni soat 18:00 larda ko`chada spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda o`z uyiga kelgan va fermer xo`jaligida birga ishlagan tanishi bilan telefonda tortishib qolgan.

Sudlanuvchi qo`liga pichoq olib, tashqariga chiqib ketayotganida uning 1955 yilda tug`ilgan otasi o`g`lini to`xtatib qolishga uringan. Biroq o`g`il otasiga yo`lini to`smasligini, ish haqini olib kelish uchun borayotganini aytganida ota unga mast holatga ko`chaga chiqishiga ruxsat bermagan. Ota-bola o`rtasida yuzaga kelgan o`zaro janjal oqibatida o`g`il pichoqni otaning chap ko`krak sohasiga sanchib olib, uni qasddan o`ldirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1