AsosiySiyosat

Vaksinaning eng yaxshisini, pulidan qat`i nazar, xalqimizga kerakli miqdorda olib kelamiz — Shavkat Mirziyoev(video)

'Vaksinaning eng yaxshisini, pulidan qat`i nazar, xalqimizga kerakli miqdorda olib kelamiz — Shavkat Mirziyoev(video)'ning rasmi

O`zbekistonda Evropa, Xitoy va Rossiya bilan koronavirusga qarshi vaksina etkazib berish borasida muzokaralar olib boryapti. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi yig`ilishida aytib o`tdi.

Emlash to`g`risida ko`p gapirilyapti. Biz Evropa, Xitoy va Rossiyadagi hamkorlarimiz bilan vaksina bo`yicha ko`p ishlayapmiz. Albatta, olib kelamiz. Emlash choralarini ko`ryapmiz. Bu ishni shoshilib qilish mumkin emas. Men o`zim qaysi vaksina eng ma`quli ekan deb har haftada 2-3 kun o`tiraman.

Murojaatnomada aytilganidek bu masala uchun 3 trln pulni zaxira qilib qo`ydik. Vaksinaning eng ma`qulini topamiz. Xalqimizga foydasi ko`proq bo`ladigan vaksinani sotib olamiz. Etti marta emas, o`n marta o`lchab, bir marta kesamiz. Xalqimizning salomatligini o`ylash men uchun eng katta masalalardan biri. Sinovlarni o`tkazyapmiz, qaysi biri ma`qul bo`lsa, pulidan qat`i nazar xalqimizga kerakli miqdorda vaksinani olib kelamiz.

Mavzuga doir:

Alisher Usmonov o`z hisobidan O`zbekistonga 500 ming vaksina olib beradi

    Boshqa yangiliklar